Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qaysi mahallalar Toshkentning Yangi hayot kichik tumani tarkibiga kiradi?
23.06.2020 09:44,  
733

Toshkentning Sergeli tumani hududidagi 13 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini to‘liq hamda 6 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududining bir qismi yangi tashkil etilayotgan Yangi hayot tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Bu haqdagi hokim qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida “Yangi hayot” kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirdi

To‘liq holda yangi tuman hududiga o‘tayotgan mahallalar — Al-Farg‘oniy, «Viqor», «Chorbog‘», «Yorqin hayot», «Yo‘ldosh», «Charog‘on», «Do‘stlik», «Navqiron», «Olchazor», «Tashabbus», «Yangi umid», «Yangi Choshtepa», «Xumo».

Hududining bir qismi yangi tumanga qo‘shilayotgan mahallalar — «Daryo bo‘yi», «Qipchoq», «Sofdil», «Past darxon», «Jo‘nariq», «Choshtepa».

Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarni hal etish tartibi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq mazkur mahalla fuqarolar yig‘inlarini yangi tashkil etilayotgan Yangi hayot tumani tarkibiga o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligini olish maqsadida Toshkent shahar hokimligiga taklif kiritiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан