Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston koronavirus tufayli ommaviy tadbirlarni bekor qilmoqda
12.03.2020 13:01,  
225

Qozog‘istonda ommaviy tadbirlar koronavirus tufayli bekor qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

“JSST koronavirus pandemiyasini e’lon qildi. Hukumat maxsus profilaktika choralarini amalga oshirishga kirishdi. Ommaviy tadbirlar bekor qilinadi. Oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan tovarlar bilan ta’minlashda uzilishlar bo‘lmaydi. Kichik va o‘rta biznes zarar ko‘rishining oldini olish muhim”, — deb yozgan Toqayev.

Toqayev “asosiysi — fuqarolar salomatligi” ekanini aytib, “birga barchasini yengamiz” deya qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq, Tojikiston poytaxtida koronavirus tufayli Navro‘z bayramini nishonlash bekor qilindi.

O‘zbekiston hukumati ham yuzaga kelgan vaziyat sabab ayrim tadbirlarni keyinga qoldirdi va bir necha xorijga safar tadbirlar jadvalini qayta ko‘rib chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni mamlakatda jamoat salomatligini ta’minlash tizimi samaradorligini oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda hozirda jahon bo‘ylab koronavirus infeksiyasining (COVID-19) tarqalishi mamlakat aholisini ham ma’lum ma’noda xavotirga solayotgani ta’kidlandi.

Mirziyoyev ushbu xastalikning O‘zbekistonga kirib kelmasligini ta’minlash avvalo mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi, profilaktika ishlarini yanada yuqori darajaga ko‘tarishni taqozo etishini qayd etdi.

Shu munosabat bilan, prezident Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga bu borada ko‘rilayotgan karantin va profilaktika choralari bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан