Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonda 6,2 ballik zilzila sodir bo‘ldi
6.06.2020 11:06,  
999

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzilani viloyat markazi - Toldiqo‘rg‘on va mamlakatning eng yirik shahri - Olmaota aholisi sezgan, qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida xabarlar bo‘lmagan, deya xabar beradi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Agentlikning xabar berishicha, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 06.10 (Toshkent vaqti bilan 05.10) da qayd etilgan.

"Zilzila epitsentri Olmaotadan shimoliy sharqda 244 km sharqda, Eskeldin tumani hududida tog‘larda joylashgan. Zilzilaning energiya klassi 12,2 MVV, magnitudasi 6.2 ball", - deyiladi xabarda.

Zilzila dengiz sathidan 25 km. chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан