Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qrimning boy berilishi Ukraina shirkati uchun qanchaga tushdi?
17.02.2020 18:55,  
560

Ukraina milliy neftgaz shirkati - Naftogaz Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi natijasida ko‘rgan zarari miqdorini ma’lum qildi — 8 mlrd dollar.  Bu haqda kompaniya o‘z Tvitter sahifasida ma’lum qilgan.

"Ushbu zarar tarkibiga kompensatsiya puli kiritilmagan. Bu pullar kompaniyaning sof zarari hamda unga hisoblangan foizlardir", - deyiladi Naftogaz xabarida.

Kompaniya 2016 yilda oktyabrida bu masalani xalqaro Gaaga sudida ko‘targan edi. O‘shanda ukrain shirkati $2,6 mlrdni da’vo qilgan edi. Naftogazning hujjatlariga ko‘ra, Qrimda ularning “bir qator energoaktivlari” mavjud bo‘lgan.

2019 yilning qishida Gaaga sudi bu masala bo‘yicha ukrain shirkatini qo‘llab quvvatladi va Rossiyani aybdor deb topdi. Naftogaz xabariga ko‘ra, sud Rossiyaning xatti-harakatlari noqonuniy va "Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi sarmoyalarni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuvni buzgan", deb qaror qilgan.

Ushbu ishni ko‘rib chiqishning birinchi bosqichi yakunlagan. Endi arbitraj “Naftogaz” yo‘qotishlari uchun kompensatsiya miqdorini belgilashi kerak.

Sud jarayonida "Ukraina kompaniyasi tomonidan baholangan yo‘qotishlar miqdori" avval 5,2 milliard dollarga, keyin esa 7 milliard dollarga baholangan.

Naftogaz ijrochi direktori Yuriy Vitrenkoning xabar berishicha, Gaagadagi xalqaro arbitraj sudining yig‘ilishi 2020 yil oxirida yoki 2021 yilda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: 12 milliard dollar: Rossiya va Ukraina o‘rtasida “uchinchi gaz urushi”

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан