Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Reuters: Ukraina samolyotining barcha yo‘lovchilari halok bo‘ldi (video)
8.01.2020 10:01,  
958

Ukraina aviakompaniyasi bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters Eron televideniyesiga iqtibosan xabar bermoqda.

Eron Favqulodda vaziyatlar xizmati boshlig‘ining aytishicha, hodisa joyiga 22 ta tez yordam mashinasi va vertolyot yuborilgan.

"Olov juda kuchli bo‘lgani uchun bironta yo‘lovchini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi", dedi FVX rahbari.

MAVZUGA DOIR: Samolyot qora qutilari topildi. Yo‘lovchilarning ko‘pchiligi Eron va Kanada fuqarolari bo‘lgan

Avvalroq samolyotdagi yo‘lovchilar soni 180 nafar deyilgandi. Eron aviatsiya vaziri Ja’farzoda ularning soni 167 kishi bo‘lganini aytdi.

Boeing 737 halokatiga texnik nosozliklar sabab bo‘lgani aytilmoqda. Samolyot Tehrondagi Imom Xumayniy aeroportidan ko‘tarilgandan so‘ng qulab tushgan.

Flightradar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, layner havoga ko‘tarilgandan 2 daqiqa o‘tgandan so‘ng signallarga javob bermagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан