Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sakson ming qurbon: Tojikistondagi fuqarolar urushi qanday boshlangan edi?
13.02.2020 16:22,  
1573

Bundan roppa-rosa 30 yil oldin – 1990 yil 12 fevralda o‘sha paytda SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublika bo‘lgan Tojikiston poytaxti Dushanbeda ommaviy namoyishlar yuz bergandi. Rasmiy hisobotlarga ko‘ra, bu noroziliklarning sababi Dushanbega 2,5 ming nafar arman millatiga mansub aholini ko‘chirib keltirib, ularni imtiyozli ravishda uy-joy bilan ta’minlash haqidagi mish-mishlar tarqalishi bo‘lgan. Chunki bu vaqtga kelib shaharda shundayiga ham uy-joy inqirozi cho‘qqisiga chiqqan edi. 

Namoyishlar “Yo‘qolsin armanlar” shiori bilan boshlandi. Ammo vaqt o‘tishi bilan u Tojikiston Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo‘mitasi birinchi kotibi Qahhor Mahkamovga qarshi norozilikka aylanib ketdi. 12 fevral kuni kechga borib namoyish faollari Tojikiston Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo‘mitasi binosini ishg‘ol qildi va butun shahar bo‘ylab ommaviy zo‘ravonliklar, joylarga o‘t qo‘yishlarni uyushtirdi. 

Huquq-tartibot xodimlari namoyishchilarga qarshilik ko‘rsata olmadi, zo‘ravonliklar bilan qo‘shilib ketgan noroziliklar ertasi kuni ham davom etdi. Natijada shaharda transport qatnovi to‘xtatildi, telefon aloqasi uzib qo‘yildi. Dushanbeda tartibni tiklashga harbiylar kirishdi, ular shaharga namoyishchilarga “jarohatlash uchun o‘q uzish” buyrug‘i bilan jo‘natilgandi. Huquq-tartibot kuchlari va namoyish faollari orasida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 25 kishi halok bo‘lib, 565 kishi yarador bo‘ldi. 

Dushanbedagi ommaviy tartibsizliklar Tojikistonda ikki yildan keyin boshlangan va 80 mingdan ortiq insonni hayotdan olib ketgan fuqarolar urushining o‘ziga xos muqaddimasi sanaladi. 

Xalq SSSR rahbari Gorbachyovning so‘zlariga ishongan, mahalliy rahbarlarni esa yoqtirmagan. 1990 yil fevral. ©️ Vladimir Fedorenko/RIA Novosti

Dushanbedagi voqealar paytida. 1990 yil fevral. ©️ TASS

Askarlar namoyishchilar oldini to‘sib olgan. 1990 yil fevral. ©️ Ratushenko/RIA Novosti

Ichki qo‘shinlar zobiti namoyishchilar sovuq qurol sifatida foydalangan metall buyumlarni ko‘rsatyapti. Dushanbe, 1990 yil fevral. ©️ Sergey Subbotin/RIA Novosti

"Demokratiya, oshkoralik, qayta qurish" – Sovet Ittifoqining so‘nggi yillarida ko‘pchilikning tilidan tushmagan so‘zlar bo‘lgan. 1990 yil fevral. ©️ Ratushenko/RIA Novosti

Dushanbeda tartibni tiklash uchun shaharga harbiylar kiritilgandi. 1990 yil fevral. ©️ Vladimir Fedorenko/RIA Novosti

"Ikki front o‘rtasida". 1990 yil fevral. 

SSSR rahbari Mixail Gorbachyov portreti oddiy aholi uchun qonun o‘rniga himoya vositasimidi? 1990 yil fevral. ©️ Ratushenko/RIA Novosti

Otaxon yig‘ilganlarga murojaat qilyapti. 1990 yil fevral. ©️ Robert Netelev/TASS

"Hozirgi rahbariyatga "Yo‘q" deymiz!" 1990 yil fevral. ©️ Sergey Subbotin/RIA Novosti

Respublikada tartibni tiklash uchun joylashtirilgan sovet askarlari. Dushanbe, 1990 yil 23 fevral. ©️ TASS

1990 yil 12 fevral kungi tartibsizliklarda qurbon bo‘lganlarga janoza o‘qish va ularni xotirlash maqsadida uyushtirilgan namoyish. Mamlakatda 5 yil davom etgan qonli fuqarolar urushiga hali bor edi. ©️ Ratushenko/RIA Novosti

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан