Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samolyot qora qutilari topildi. Yo‘lovchilarning ko‘pchiligi Eron va Kanada fuqarolari bo‘lgan
8.01.2020 12:06,  
1087

Bugun ertalab “Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasiga qarashli samolyot Eronda halokatga uchradi. Samolyot Tehrondagi Imom Xumayniy aeroportidan ko‘tarilgandan so‘ng qulab tushgan.

Shundan so‘ng, Reuters Ukraina aviakompaniyasi bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar halok bo‘lganini ma’lum qildi. Eron Favqulodda vaziyatlar xizmati boshlig‘ining aytishicha, hodisa joyiga 22 ta tez yordam mashinasi va vertolyot yuborilgan. “Olov juda kuchli bo‘lgani uchun bironta yo‘lovchini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi”, dedi FVX rahbari.

MAVZUGA DOIR: Qozog‘istonda aviafalokat: 14 kishi vafot etdi (video)

Eron Favqulodda vaziyatlar xizmati samolyotning qora qutilarini topganini ma’lum qildi. Bortdagi kameralar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.

Halokatga uchragan samolyotdagi yo‘lovchilarning ko‘pchiligi Eron fuqarolari bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda Eron FVX xabar berdi.

Ukraina tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar:

• Eron fuqarolari - 82 nafar
• Kanada fuqarolari - 63 nafar
• Ukraina fuqarolari - 11 nafar
• Shvetsiya fuqarolari - 10 nafar
• Afg‘oniston fuqarolari - 4 nafar
• Germaniya fuqarolari - 3 nafar
• Buyuk Britaniya fuqarolari - 3 nafar.

Shuningdek, Eron Tashqi ishlar vazirligi samolyotda 160dan ortiq inson bo‘lganini, Eronning Press TV telekanali esa 169 kishi bo‘lganini aytmoqda.

O‘z navbatida, aeroport rasmiy vakilining ma’lum qilishicha, yo‘lovchi samolyotning qulashiga dvigatelning yonib ketishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

MAVZUGA DOIR: Reuters: Ukraina samolyotining barcha yo‘lovchilari halok bo‘ldi (video)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан