Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samsung arzon narxdagi Galaxy Tab S6 Lite planshetini chiqardi (video)
9.05.2020 12:21,  
606

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy Tab S6 Lite rusumli planshetini tayyorlagani haqida yaqinda xabar bergan edik. Kecha – 5 may kuni mazkur gadjet AQSh hududida sotuvga chiqdi. 

Samsung ushbu qurilmasini nomiga yarasha yengil va yupqa qilib chiqargan – korpusi metalldan ishlangan bo‘lib, 244,5x154,3x7 millimetrlik hajmga va 467 grammlik vaznga ega.

Lekin uning eng e’tiborga loyiq jihati – narxidir. Taqdimotdan avval Germaniyadagi Amazon internet-do‘koniga tasodifan chiqqanida, uning narxi 399 yevrodan boshlanishi ko‘rsatilgan edi. Ammo okean orti mamlakatida Galaxy Tab S6 Lite boshlang‘ich (4/64 GB tezkor/ichki xotirali) konfiguratsiyada undan ancha arzon – 350 dollardan sotiladi. Xuddi shunday “operativka”ga va 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega varianti uchun esa 430 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi. Har ikkala holatda ham MicroSD formatli karta yordamida xotirani kengaytirish mumkin; tag‘in jamlanmaning o‘ziga S Pen stilusi ham qo‘shilganini ta’kidlash o‘rinli.

Galaxy Tab S6 Lite diagonaliga 10,4 dyuymlik, tasvir aniqligi 2000x1200 piksellik IPS-displeyga ega. Uning “elektron yuragi” – Samsung Exynos 9610 protsessoridir. 7040 mA/soatlik akkumulyatori planshetning bitta quvvat bilan 13 soatgacha ishlashiga imkon beradi. Unda yana Bluetooth 5.0, moduli, stereodinamiklar, quloqchin tirqishi, tegishlicha 5 va 8 megapiksellik old va bosh kameralar mavjud.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан