Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samsung eng arzon smartfonini chiqardi: narx va jihatlari bilan tanishing!
23.07.2020 11:42,  
1563

Janubiy koreyalik kompaniya Indoneziyada onlayn taqdimot o‘tkazib, Galaxy A01 Core modelini namoyish qildi. Bu – zaif protsessor va kichik «operativka»li smartfonlarga mo‘ljallangan Android 10 Go tizimli qurilmadir.

Samsung Galaxy A01 Core maksimal 1,5 GGs chastotada ishlovchi to‘rt yadroli Mediatek MT6739 protsessori bazasiga qurilgan. Uning suyuq kristalli displeyi diagonaliga 5,3 dyuymlik, tasvir aniqligi esa 1480 x 720 piksellikdir. Smartfonning tezkor xotirasi 1 GB, doimiy xotirasi esa 16 GB hajmga ega. Shuningdek, unga yana 512 gigabaytgacha hajmli microSD-karta qo‘ysa bo‘ladi.

Smartfon ikkita nano-SIM kartochka uyachasiga ega bo‘lib, 2G, 3G hamda 4G LTE uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Samsung uni USB 2.0 porti hamda 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi, shuningdek, Wi-Fi 802.11b/g/n va Bluetooth 5.0 interfeyslari bilan ta’minlagan.

Galaxy A01 Core bosh kamerasi 8 megapiksellik va diafragmasi f/2,2, old kamerasi bo‘lsa 5 MPlik va f/2,4 diafragmalidir. Bosh kamera fotochaqnoq bilan ta’minlangan va soniyasiga 30 kadr chastotali Full HD video olishga qodir.

Qurilmaning olinuvchi akkumulyatori 3000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega. Korpusi o‘lchamlari 141,7x67,5x8,6 millimetrga, vazni bo‘lsa 150 grammga teng. Indoneziyada uni ko‘k, qora va qizil korpuslarda, 74 AQSh dollariga teng narxda sotishadi. Boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqish-chiqmasligi borasida hozircha ma’lumot yo‘q.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан