Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shahrisabz tumani hokimi almashdi
30.07.2020 16:31,  
261

Qashqadaryoda Xalq deputatlari Shahrisabz tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, tumanda amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emasligini ta’kidladi. Ayniqsa, fuqarolar murojaatlari, ta’lim tizimi, yo‘llar, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va eksport masalalariga umuman e’tibor qaratilmagan.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati 

Tumandagi 30 ta maktablarda isitish tizimi yo‘q, 6 tasi ta’mirtalab. Maktabgacha ta’limga qamrov 47 foiz. Eng achinarlisi Prezidentimiz qarori bilan bugun viloyatdagi 20 000 ta ehtiyojmand oilaga 1 million so‘mdan naqd pul berilishi boshlangan edi. Ammo, ushbu tumanda 1040 nafar ehtiyojmand oila bo‘la turib, bugun ushbu xayrli ish amalga oshirilmadi. Sababi - mas’ullarda xisob-kitob bo‘lmagan.

Ushbu kamchiliklardan kelib chiqib, tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Isroil Amanov vazifasidan ozod etildi va uning o‘rniga Muborak tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgan adliya maslahatchisi Hasanov Samad Ahatullayevich saylandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан