Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
5.10.2020 13:19,  
69

5 oktyabr, dushvnba kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentini tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, tarix, madaniyat va an’analar mushtarakligiga asoslangan strategik sheriklik munosabatlarining bugungi darajasini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Telefon muloqoti so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga mamlakat siyosiy hayotidagi muhim tadbir – joriy yil 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bugun 68 yoshga to‘ldi. Qo‘shni respublika rahbari matbuot xizmatining yozishicha, janob Rahmonni, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus (Aleksandr Lukashenko), Ozarbayjon davlat rahbarlari hamda ShHT Bosh kotibi Vladimir Norov tavallud ayyomi bilan qutlagan.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан