Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Standartga ko‘ra tibbiyot niqoblari qanday bo‘ladi? Qo‘lda tikib sotilayotgan dokali niqoblar ishonchlimi?
23.03.2020 14:36,  
1837

Iqtisodchi va farmatsevt Abrorbek Dadamirzayev tibbiyot niqoblarini sotayotgan va sotib olayotgan hamyurtlarimizga o‘z maslahatlarini berdi.

Ekspertning ma’lum qilishicha, standart, virusdan ishonchli himoya xususiyatiga ega bo‘lgan bir martalik tibbiyot niqobi quyidagicha bo‘ladi:

3 qavatli, birinchi va uchinchi (ya’ni tashqi) qavatlari spanbond “SMMS” mato bo‘ladi. Bu mato juda yumshoq, allergiya qo‘zg‘ashi kam va burunni shilmaydi. Ikkinchi (ya’ni o‘rta filr vazifasini bajaruvchi) qavati “medblaun“ bo‘ladi.

Medblaun — ko‘rinishidan yumshoq qog‘ozga o‘xshash, noto‘qima, virus ushlash xususiyatiga ega material. Medblaunni sinov uchun yoqib ko‘rsangiz, erimaydi yoki yonmaydi, xuddi parlangandek yo‘q bo‘lib ketadi.

Esda tuting: Ko‘rinishidan “SMMS”ga o‘xshagan matolar ko‘p. Bular “S” va“SS” spanbond materiallaridir (p/s: kostyumni g‘ilofi “S” va “SS”dan tikiladi). “Medblaun“, ya’ni filtr qavat o‘rniga ham “S” materialning oq ranglisini yoki nam salfetkaning materialini qo‘yib tibbiyot niqobini tikishmoqda. Bu kabi tibbiyot niqoblarining himoya hususiyati juda kam.

MAVZUGA DOIR: Tibbiyot niqoblari tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarildi

Iloj boricha dastgoh yoki konveyer usulda, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda ishlab chiqarilgan tibbiyot niqoblarini taqing, salomatligingiz o‘zingiz uchun bebaho ne’matdir. Qo‘lbola usulda, tekshirilmagan sharoitlarda, har kim qo‘li bilan ushlab tikkan 1 yoki 2 qavatli filtrsiz tibbiyot niqoblarini sotib olishdan ehtiyot bo‘ling.

Standart talablarga javob beradigan tibbiyot niqoblarining maxsus blankda chop etilgan va muhr bosilgan “sanitar-epidemiologik xulosa“si bo‘ladi, shuni so‘rab, tekshirib olishga haqqingiz bor.

Eslatib o‘tamiz: 3 qavatli, o‘rtasida filtri bor maska eng ishonchlisidir. 

Standart tibbiyot niqoblarini sotuvdan topa olmagan taqdiringizda, o‘zingiz uy sharoitida tibbiy dokadan kamida 4 qavat qilib niqob tikib, aseptik usulda zararsizlantirib taqqaningiz ma’qul.

Boshqalar tikib sotayotgan dokali niqoblarga ham ishonmang, deydi farmatsevt Abrorbek Dadamirzayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан