Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tashqi ishlar vazirligi Samarqandda o‘tkaziladigan afg‘onlararo uchrashuv yuzasidan bayonot bilan chiqdi
24.07.2019 14:03,  
4

O‘zbekiston Doxadagi afg‘onlararo konferensiya qarorini va uning ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Tinchlik to‘g‘risidagi qo‘shma rezolyusiyani qo‘llab quvvatlaydi.

O‘zbekiston tomoni inklyuziv afg‘onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqand shahrida o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlagan va bo‘lajak muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid bildirgan.

“Samarqand uchrashuvi o‘tkazilishining aniq vaqti afg‘onlararo muzokaralarning barcha ishtirokchilari bilan kelishilganidan so‘ng e’lon qilinadi”, - deyiladi TIV rasmiy bayonotida.

Xabarda O‘zbekiston tomoni Afg‘onistondagi siyosiy jarayon faqat afg‘on xalqi va uning rahbarligida amalga oshirilishi zarurligi to‘g‘risidagi o‘zining prinsipial mavqeini tasdiqlashi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Tolibon" O‘zbekistonda o‘tkaziladigan afg‘onlararo uchrashuvga taklif etilmagani xabar qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан