Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tolibon rahbari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi
29.02.2020 19:07,  
2245

2020 yilning 28 fevral kuni Doxa shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, uchrashuv davomida Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida tinch siyosiy jarayonni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Mulla Barodar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Afg‘oniston muammolariga doimiy e’tibor qaratgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. U O‘zbekistonning sa’y-harakatlari tufayli afg‘on mojarosi yana xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida ekanligini e’tirof etdi.

“Tolibon” harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari, tarixning murakkab mashaqqatlariga qaramay O‘zbekiston afg‘on xalqining eng ishonchli do‘sti bo‘lgani va ekanligini ta’kidladi, bu ayniqsa Afg‘oniston tinchlik va iqtisodiy ko‘makka juda muhtoj bo‘lgan hozirgi vaqtda yaqqol namoyon bo‘ldi.

Shu o‘rinda mulla Barodar O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlash, mamlakatda turli iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi, ularning asosiy maqsadi afg‘on xalqining farovonligi va rivojlanishi, Afg‘onistonning tinch va barqaror davlat sifatida taraqqiy etishi ekanligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан