Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda 100 ming so‘mlik pulni qalbakilashtirgan shaxslar qo‘lga tushdi
8.05.2019 15:17,  
10

Toshkentda qalbalki pullarni muomalaga kiritishda gumon qilingan  4 nafar fuqaro ushlandi, deb xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 2019 yil 4 may sanasiga o‘tar kechasi Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi muqaddam sudlangan Sardor Sh. (1995 y.t.), Bexzod T. (1995 y.t.), Ibrohim. X. (1999 y.t.) va andijonlik Xumoyunbek O. (1996 y.t.) Toshkent shahrida uchrashadi. Ularning maqsadi 100 ming so‘mlik qalbaki pullarni ishlatish bo‘lgan va Chilonzor tumanida mana shu pullarning 7 tasi 23 yoshli Shoira A.ga o‘tkaziladi.

O‘z navbatida Shoira A. mana shu pullardan birini shaxsiy “Neksiya” avtomobilida kirakashlik bilan shug‘ullanadigan 33 yoshli Xomidullo M.ga to‘lov tariqasida to‘laydi. Xomidullo M. pul qalbaki ekanini sezib qoladi va Toshkent shahri, IIBB YPXning yaqin o‘rtada xizmat o‘tayotgan inspektorlariga xabar beradi.

Zudlik bilan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida nomlari yuqorida ko‘rsatilgan 4 fuqaro minib yurgan avtomobil raqami aniqlanadi va 4 may sanasida, tahminan soat 03.30da to‘xtatiladi. Tekshiruv asnosida avtomobilning g‘aladonidan 51 ta qalbaki 100 ming so‘mlik pul, milliy valyutadagi pul chop etilgan A4 formatdagi 25 ta rangli qog‘oz va qalbaki pul tayyorlashda foydalanilgan “Canon” rusumidagi printer topiladi. Sud-kriminal ekspertizasi tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra ish yuzasidan musodara etilgan 58 ta 100 ming so‘mlik pulning barchasi qalbaki bo‘lib chiqdi.

Fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston jinoyat kodeksining 176-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yunusobod tuman IIB JIB tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv davomida Sardor Sh. Toshkent shahrining turli tumanlarida qalbalki pullar muomalaga kiritilganini tan olgan.

“Hurmatli Toshkent shahri aholisi va poytaxtimiz mehmonlari! Agar ushbu shaxslar tomonidan olib borilgan jinoiy faoliyat yoki qalbaki 100 ming so‘mlik pullar haqida faktlar sizga ma’lum bo‘lsa, yaqin oradagi ichki ishlar boshqarmasiga xabar berish yoki «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан