Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda hasharotlarni o‘ldirish uchun mo‘ljallangan kukun tufayli ikki kishi halok bo‘ldi
8.06.2019 13:11,  
10

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 7 iyun kuni Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi ayol murojaat qilgan. Ayol uyiga qaytib kelganida hech kim eshikni ochmagani, ammo onasi, 77 yoshli Sh.M. va 28 yoshli o‘g‘li M.T. kvartirada bo‘lishi kerakligini ma’lum qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, FVV mutaxassislari profilaktika inspektori tomonidan chaqirilgan va guvohlar ishtirokida kvartiraning eshigi ochilgan. Kvartirada kuchli hid bo‘lgan, hamma joyda hasharotlarni o‘ldirish uchun mo‘ljallangan kulrang kukunga ega gazeta varaqlari yoyilib tashlangan.

“77 yoshli Sh.M.ning jasadi yo‘lakda, M.T.ning jasadi balkondan topildi”, - deyiladi xabarda.

Voqea sodir bo‘lgan joyga IIB xodimlari, prokuror, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek, Chilonzor tumani hokimligi va sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari chiqqan. Tekshirish o‘tkazilmoqda, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан