Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Mazda 3 avtomobilini o‘g‘irlagan shaxslar qidirilmoqda
5.08.2019 13:10,  
10

Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida Mazda 3 avtomobilini o‘g‘irlashga aloqadorligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarni qidirmoqda.

IIBB xabariga ko‘ra, 3 avgust kunidan 4 avgustga o‘tar tunda soat 3.05 da Mazda 3 rusumli oq rangli avtomobil (tugmali o‘t-oldirgichli) o‘g‘irlanganligi haqidagi xabar kelib tushgan.

Ma’lum qilinishicha, mashina shaharning boshqa chetida topilib, egasiga qaytarib berilgan.

Avtomobil o‘g‘irlangan hududda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari o‘g‘irlikka aloqadorligi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning yuzlarini tasvirga olgan.

“Shaxslarni yuzlaridan taniganlar 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 99-889-78-58 raqamlari orqali xabar berishlarini so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан