Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda voyaga yetmagan bolalar piyonista ota-onasidan qochib ketdi
23.02.2020 15:19,  
395

Toshkentda 11 yoshli o‘g‘il va 8 yoshli qiz ichkilikka ruju qo‘ygan ota-onasidan qasddan qochib ketdi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabarida bildirilishicha,  16-fevral kuni Mirobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga ikki nafar voyaga yetmagan bolalarning otasi 36 yoshli Yevgeniy A. murojaat qilgan. Erkak 15-fevral kuni taxminan soat 8.00 da uning 11 yoshi o‘g‘li va 8 yoshli qizi uydan chiqib, noma’lum tomonga yo‘l olgani va qaytib kelishmaganini ma’lum qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida bolalarni IIBB PPX xodimlari topib, ularni uylariga qaytarishgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bolalar qasddan uydan qochib, qo‘shni uyning tomida spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan ota-onasidan yashirinishar ekan. Bu borada qo‘shnilarning fikrlari o‘rganilgan.

Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda ota-onalik huquqini cheklash masalasini hal qilish haqida hujjatlar to‘plami tayyorlanmoqda.

“Bolalar esa sud tomonidan ularning taqdirlari bo‘yicha qaror qabul qilinguncha Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildilar”, - deyilgan xabarda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан