Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Tramp gubernatorlar vaziyatni eplolmasa, shtatlarga armiyani kiritishini aytdi
3.06.2020 18:17,  
495

Oq uy tashqarisida namoyish bo‘layotgan bir paytda AQSh Prezidenti Donald Tramp ichkaridan xalqqa murojaat qildi. Uning aytishicha, mamlakat bo‘ylab irqchilikka qarshi bo‘layotgan namoyishlarda terror harakatlari sodir etilmoqda.

Amerika ovozi nashrining yozishicha, Tramp o‘zini «qonun va tartib prezidenti» deb atab, g‘alayon va qonunsizlikni tugatishda shtat va shahar ma’murlari ojizlik qilsa, harbiylarni safarbar etishini aytgan.

«Bugun har bir gubernatorga Milliy Gvardiya qo‘shinlarini zarur miqdorda jalb qilib, ko‘chalarda hokim bo‘lishni qattiq tayinladim. Merlar va gubernatorlar zo‘ravonliklar tinmaguncha huquq-tartibot idoralari vakillarini katta sonda ko‘chaga olib chiqishi kerak. Agar birorta shahar yoki shtat aholi mulki va hayotini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishdan bosh tortsa, men muammoni tez hal qilish uchun AQSh qurolli kuchlarini u yerga kiritaman», - dedi Tramp.

Murojaatdagi jangovar ohangga qaramay, Tramp «Isyon haqidagi qonun»ni harakatga keltirmadi. 1807 yilda qabul qilingan hujjat davlat rahbariga gubernator iltimosisiz shtatlarga muntazam qo‘shinlarni kiritish huquqini beradi.

25 may kuni Minneapolis shahrida oq tanli politsiyachi Jorj Floyd ismli qora tanlining qo‘liga kishan solib, uni yerga yotqizadi va sakkiz daqiqadan ko‘p vaqt davomida tizzasini bo‘yniga tirab turadi. Natijada Floyd jon beradi. Mamlakat bo‘ylab irqchilik va politsiya zo‘ravonligiga qarshi namoyishlar boshlanib ketadi. Ba’zi joylarda tinch namoyishlar zo‘ravonlik, talon-torojga aylanib ketmoqda.

Floyd ko‘rmagan adolatni tiklashga va’da bergan Tramp o‘z murojaatida irqchilik yoki politsiya zo‘ravonligini tilga olmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан