Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turk samolyoti Anqaraga favqulodda qo‘ndi — yo‘lovchilarda koronavirusning boshlang‘ich alomatlari paydo bo‘lgan
25.02.2020 21:07,  
2345

“Turk havo yo‘llari” shirkatiga qarashli Tehron-Istanbul yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyot favqulotda Anqara ayeroportiga qo‘ndirildi. Bortidagi 17 nafar yo‘lovchida koronavirusning boshlang‘ich alomatlari paydo bo‘lgan. Yo‘lovchilarning tana haroratlari yuqori darajaga ko‘tarilgan deb yozadi mahalliy Hurriyat gazetasi mamlakat SSV Faxriddin Ko‘jaga tayanib.

Xabarda aytilishicha, 17 nafar yo‘lovchida favqulodda yuqori harorat kuzatilgan. Samolyotdagi 132 nafar yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari ikki haftalik karantinga joylashtirilgan.

Daily Sabah nashrining turk aviatsiyasidagi manbasiga ko‘ra, layner Turkiya SSV so‘rovidan so‘ng Anqara aeroportiga yuborilgan.

Eron hozirda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylangan. Mamalakatda koronavirus bilan bog‘liq 61 holat qayd etilgan. Ulardan 15 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

Mavzuga doir: Yana uch arab mamlakatida koronavirus qayd etildi

Avvalroq Turkiya Eron bilan barcha parvozlarni to‘xtatganligini xabar qilgan edik. Bugungi reys Erondan o‘z fuqarolarini qaytarib olishga qaratilgan maxsus reys bo‘ldi deb yozadi Hurriyat.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Turkiyadan koronavirusni ikki soatda aniqlab beradigan qurilmalarni xarid qiladi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан