Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmaniston prezidenti xalqaro tashkilot yig‘ilishida muhim murojaat bilan chiqdi
25.10.2019 19:42,  
1113

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Qo‘shilmaslik harakati sammiti davomida iqtisod sohasidagi sun’iy to‘siqlarga qarshi chiqdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Qo‘shilmaslik harakati o‘n sakkizinchi sammiti juma kuni Ozarbayjon poytaxtida ochildi. Tashkilotga harbiy bloklarda ishtirok etishdan voz kechgan 120ta davlat a’zo.

"Qo‘shilmaslik harakati a’zo-davlatlari iqtisodiy sohadagi qonuniy huquqlarini ilgari surishlari, iqtisodiy suverenitet uchun olg‘a qadam tashlashlari hamda haq-huquqni seklash va sun’iy to‘siqlarga qat’iy qarshi chiqishlari lozim. Xalqaro terrorizmga qarshi ta’sirchan kurash esa bosh vazifalardan biri sanaladi", - dedi Berdimuhammedov Bokuda tashkilot sammitida so‘zlagan nutqida.

Unga ko‘ra, Turkmaniston BMTning global aksilterror strategiyasi hayotga tatbiq etilishi tarafdori.

"Bu kabi strategiya har joyda - jahon, regional va milliy darajada amalga oshirilmog‘i lozim. Chinakam terrorizm tahdidiga duch kelayotgan Harakat a’zolari uchun esa bu vazifa juda dolzarbdir", - deb qo‘shimcha qildi Turkmaniston prezidenti.

Ma’lumot uchun, Qo‘shilmaslik harakati sovuq urush yillari davomida Belgrad konferensiyasida 1961 yilning sentyabrida tashkil topgan - unga NATO yoki Varshava shartnomasiga kirishni xohlamagan davlatlar, jumladan, Yugoslaviya, Hindiston va Misr kirgan. Bugungi kunda Qo‘shilmaslik harakati harbiy bloklarga qo‘shilishdan voz kechgan 120 mamlakatni o‘zida birlashtiradi. 17 davlat va 10ta xalqaro tashkilot tashkilot qoshida kuzatuvchi maqomiga ega.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан