Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmaniston qamoqxonalaridagi 61 nafar o‘zbekistonlik ozodlikka chiqarildi (foto)
21.05.2020 12:03,  
874

Turkmaniston Respublikasida joylashgan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 61 nafar O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatda e’lon qilingan amnistiya aktiga asosan ozodlikka chiqarilib, yurtimizga qaytarildi.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ozod etilganlarning 59 nafari erkak va 2 nafari ayollar bo‘lib, 1 nafardan Toshkent shahri va Navoiy viloyatidan, 2 nafari Buxoro, 3 nafari Toshkent, 5 nafari Qashqadaryo, 25 nafari Xorazm viloyati va 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqarolardir.

Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati

Ular karantin tartib-qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda Buxoro viloyati Olot tumanidagi Bojxona chegara posti orqali Respublika hududiga kiritilib, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan 14 kunlik maxsus karantin saqlash joyiga joylashtirildi.

Ular orasidan O‘zbekiston Respublikasi hududida qidiruvda bo‘lgan 5 nafar shaxslarning 3 nafari Xorazm viloyati va 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqarolar. 2 nafar shaxslar maxsus konvoy avtomashinasi orqali yashash joyi — Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘natildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан