Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turkmanistonda koronavirus sababli to‘yga tashrif buyuruvchilar sonida cheklov o‘rnatildi
10.04.2020 11:24,  
680

Koronavirus pandemiyasi tufayli Turkmanistonda to‘ylar, tug‘ilgan kunlar va boshqa ziyofatlarda 200 kishidan ortiq mehmon chaqirish taqiqlandi. Bu haqda «Xroniki Turkmenistana» nashri xabar bermoqda.

Shu bilan birga bitta stol atrofida 6 kishidan ortiq o‘tirish ham taqiqlangan.

Mamlakatda namoyishkorona bo‘lmasada epidemiyaga qarshi kurash olib borilmoqda. Xususan, kafe va restoranlarga eltib berish xizmati orqali xizmat ko‘rsatish buyurilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmaniston koronavirus aniqlanmagan 20 mamlakatning biri hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан