Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Yangi sulton: Erdog‘an va zamonaviy Turkiyaning inqirozi» yoxud Turkiya jar yoqasidami?
6.03.2020 17:51,  
4594

Prezident Erdog‘an siyosatga kirib kelishi, og‘ir siyosiy muhitda bunchalik mustahkam qudratga qanday erishgani meni qiziqtirardi. Shu savollarga qisqacha javobni Soner Kagaptayning “Yangi Sulton: Erdog‘an va Zamonaviy Turkiyaning Inqirozi“ nomli kitobida topdim.

Turkiyadek murakkab siyosiy muhitda g‘alaba qozonish, hokimiyatni qo‘lga kiritish oson emas. Ayniqsa, viloyatlik kamtarona kelgindining bolasi Istanbulning kambag‘al rayonidan chiqib, oliy hokimiyatni egallashi ertakdek tuyuladi, ammo haqiqat.

Soner Kagaptay / “Yangi Sulton: Erdog‘an va Zamonaviy Turkiyaning Inqirozi“ kitobi

Erdog‘anning otasi dindor edi. Bolasini Imom Xatib maktabida o‘qitadi. Aynan shu maktab sababli Erdog‘an ijtimoiy faollikni, nutq so‘zlash, odamlarga aralashish, targ‘ibot qilishni o‘rganadi. Keyinchalik Najmiddin Erbakon partiyasiga qo‘shiladi, sekin-asta siyosiy faolligi va tajribasi oshib boradi.

Ashaddiy ilmoniy davlatda Islomiy partiya bo‘yicha faoliyat yuritish og‘ir masala edi. Otaturkdan qolgan radikal ilmoniy tizim Islomni zaiflashtirib tashlagan, Islom va musulmonlarga hamon shubha va ehtiyotkorlik bilan yondashilardi. Erbakon tuzgan partiyalar bir necha marta tarqatib yuboriladi, o‘zi esa siyosiy faoliyatdan ta’qiqlanadi.

Shularning hammasi Erdog‘anning shaxs va siyosatchi o‘laroq yetilishida muhim rol o‘ynaydi. Erdog‘an Istanbulga mer bo‘lib saylangach har tomonlama shahardagi sharoit va servislarni yaxshilaydi, xalq e’tiborini qozonadi.

Erdog‘an bosh vazir etib saylangach iqtisod o‘sa boshlaydi. Yildan-yilga o‘sish ko‘rsatkichlari yaxshilanadi. Turkiyada o‘ziga to‘q o‘rta qatlam soni oshib boradi. Ayni paytda Erdog‘an armiyaning kuchini kesa boshlaydi. 2008 yilda boshlangan “Ergonoken“ nomi bilan mashhur sud ishlarida yuzlab harbiylar qamoqqa hukm etiladi.

Muallif da’vosicha, Erdog‘an o‘ta makkorlik va ayyorlik bilan qudrat manbalarini egallab oldi. Raqiblarini bir-biriga qayrash orqali zaiflashtirdi. O‘z manfaati yo‘lida ishlatib, keyin uloqtirib yubordi. Masalan Gulen harakati bilan harbiylarga qarshi ittifoqchi edi. O‘z mavqeyini mustahkamlab olgach ulardan ham voz kechdi.

Muallif Erdog‘anni iqtisodiy jihatdan misli ko‘rilmagan natijaga erishganini va shu sababli qayta-qayta saylanish bilan mukofotlanganini ta’kidlaydi. Agar iqtisodiy rivojlanish davom etmasa, Erdog‘an saylovchilar dastagini tezda yo‘qotishidan xavotirlik bildiradi.

Erdog‘anning dadil tashqi siyosati ko‘zlangan natijani bermaganini, o‘ta optimist siyosat olib borgani ammo hafsalasi pir bo‘lganini yozadi. Masalan, qo‘shnilari Suriya va Eron bilan yaqinlashishga urindi. Ammo bu ikki davlat Turkiyaga do‘st emasligi ko‘p o‘tmay ayon bo‘ldi. Suriyada urush boshlangach Rossiya, Eron va Suriya zimdan Turkiyaga zarba bera boshladi, deydi.

Boshqa arab davlatlari bilan ham aloqasi yomonlashganini ta’kidlaydi. Masalan, Misrda Abdulfattah Sisiy hukumati Erdog‘anni ko‘rarga ko‘zi yo‘q. Misrda investitsiya yotqizgan Turk biznesmenlari chuv tushib qoldi. Chunki Turkiya Ixvonil Muslimiyn tarafini oldi. Hamma tuxumlarini bir savatga soldi. Qarama-qarshi tomonlar bilan ham ochiq muloqot kanalini saqlab qolmadi. Saudiya bilan aloqalar Xashogi o‘limidan so‘ng keskin yomonlashdi. BAA, Misr va Saudiya bilan aloqalar esa Qatar blokadasi sababli sovuqlashdi.

AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan ham aloqalari taranglashganini yozadi. Turkiya Rossiyaga tegishli samolyotni urib tushirish ortidan Rossiya qanchalik xatarligi ma’lum bo‘ldi. Putin sanksiyalar e’lon qildi, ikki tomonga ham zarar yetdi. Strategik jihatdan Rossiya doim Turkiyaga jiddiy xavf bo‘lib kelgan va shundayligicha qolmoqda, deb urg‘ulaydi muallif. Darhaqiqat, shu kunlarda kechayotgan Idlibdagi keskin vaziyat Turkiya-Rossiya o‘rtasidagi nizolarni keskinlashtirgan.

Bu kitob men uchun Turkiyaning umumiy ahvoli haqida tasavvur hosil qilishda yaxshi manba bo‘ldi.Tanishtiruv kitob desa bo‘ladi. Nihoyatda murakkab va chigal bo‘lgan Turkiya parlamentar tizimini ravon sharhlagan. Ancha narsa o‘rgandim. Yana boshqa kitoblarini o‘qimoqchiman.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан