Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Zelenskiy Lukashenkodan rus "vagnerchilarni" Ukrainaga topshirishni so‘radi
6.08.2020 08:02,  
423

Rossiyaning ikki qo‘shnisi Ukraina va Belarus prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi. Ukraina prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbarlari Belorusda qo‘lga olingan Vagner xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) jangchilari deb hisoblagan 33 nafar rossiyaliklar masalasini muhokama qildi. 

"Umid qilamanki, Ukraina hududida terrorchilik faoliyatida gumon qilinganlarning barchasi amaldagi xalqaro-huquqiy hujjatlarga muvofiq javobgarlikka tortish uchun bizga topshiriladi", dedi Vladimir Zelenskiy suhbat chog‘ida.

Belorus prezidentining matbuot xizmatiga ko‘ra, mamlakat huquq-tartibot idoralari bu masala bo‘yicha Rossiya va Ukraina bilan imzolangan shartnomalar doirasida hamkorlik qilishga tayyor.

Ruslar hibsga olingandan so‘ng, Belarus hukumati Ukrainadan Vagner XHK jangchilarining Ukraina hududidagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirishni so‘ragandi. Ukraina Milliy Xavfsizlik va Mudofaa Kengashi hibsga olingan ruslarni Kiyevga topshirishni taklif qilishlarini aytishdi.

Belorusda ruslar hibsga olingandan so‘ng, yozuvchi Zaxar Prilepin hibsga olinganlar orasida o‘zini "Donetsk Xalq Respublikasi" deb e’lon qilgan uning batalyonining "ikki-uch" sobiq jangchilari borligini aytdi. "Novaya gazeta" ning xabar berishicha, kamida uchta mahbus Donbassda, yana yetti nafari Suriyada jang qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан