Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






68 sekund ichida 1 milliard dollar: Alibaba bir kunda Amazon‘ning choraklik mahsulotini sotib qo‘ydi
13.11.2019 09:40,  
606

“Bo‘ydoqlar kuni” (11.11)da Xitoy internet giganti Alibaba savdolar bo‘yicha o‘tgan yilgi rekordini 25 %ga oshirdi. Bu haqda South China Morning Post xabar qilmoqda.

Chegirmalar kunining ilk soatida 12 mlrd. $lik mahsulot sotildi. Bu esa o‘tgan yilgi AQShdagi “qora juma” (6,2 mlrd. $) va “kiber dushanba” (7,9 mlrd. $) savdolaridan salmoqli darajada ko‘p demak. Alibaba platformasida 500 million odam savdo qilgan.

1 mlrd. $lik tovarlar 68 soniya ichida, 10 mlrd. $lik tovarlar 30 daqiqa (yarim soat)da sotilib bo‘lgan. 16 soat-u 30 daqiqada o‘tgan yilgi rekord yangilangan – 30,8 mlrd. dollar.

Chegirmalar kuni yakunlari bo‘yicha Alibaba 38,4 mlrd. $lik mahsulot sotgan. Bu esa Amazonning 2019 yil III chorak yakunlari bo‘yicha savdolaridan (35 mlrd. $) ko‘proqdir.

Eng ko‘p sotilgan mahsulotlar Huaweining Mate 30 Pro smartfoni hamda Applening iPhone 11 Pro‘si sanaladi.

Bu yilgi chegirmalar kuni Jek Ma iste’fosidan keyingi ilk chegirmalar kuni hisoblanadi.
“Bo‘ydoqlar kuni” munosabati bilan ilk chegirmalar kuni 2009 yilda tashkillashtirilgan. Bu yil Alibaba Gonkongda 15 mlrd. $lik IPO rejalashtirgan edi, biroq Gonkongdagi noroziliklar tufayli u barbod bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан