Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Afg‘oniston elektr energiyasi tizimida yuzaga kelgan nosozliklarga nima sabab bo‘lmoqda?
26.09.2019 16:32,  
219

Yodingizda bo‘lsa, 15-16 sentyabr kunlari Afg‘onistondagi elektr uzatish tarmoqlari (tarmoq ustunlari) jangarilar tomonidan portlatilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu xabarlarga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Axborot xizmati quyidagicha javob bergan edi: mavjud shartnomaga asosan Afg‘oniston Islom Respublikasiga uzilishlarsiz elektr energiyasi yetkazilib berilmoqda (1 sutkada taxminan 1,5 mln. KVt.soat), biroq 2019 yil 14 sentyabr soat 14:00dan keyin O‘zbekistondan Afg‘onistonga uzatilayotgan elektr energiya miqdorini qabul qilish darajasida keskin tushish holati ro‘y berdi, bu odatdagidan qariyb 3 marta kam ekanligi qayd etilgan, deya xabar beradi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Axborot xizmati.

Noma’lum sabablarga ko‘ra, 24 sentyabr soat 17:00 lar atrofida uzatish quvvatida qisqa muddatli uzilishlar paydo bo‘lib, taxminan 17:40 larda tarmoqda yana yuklama paydo bo‘lgan, deb yozadi Uza nashri.

Ammo oradan yarim soat vaqt o‘tgach, mavjud quvvat darajasi me’yordagisidan qariyb 4,5 marta pasayib ketgan va bu holat hanuzgacha davom etmoqda.

Afg‘oniston Islom Respublikasiga eksport qilinayotgan elektr energiyani qabul qilish jarayonida aynan qanday nosozliklar sodir bo‘lgani haqida afg‘onistonlik mutaxassislar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga rasmiy izoh bildirishmadi.

Ma’lumot o‘rnida, elektr uzatish tarmoqlari, ya’ni havo liniyalarining tayanch ustunlariga yetkazilgan zarar, ularni ta’mirlash ishlarini har bir mamlakat o‘z hududida o‘zi amalga oshiradi.

Yuzaga kelgan nosozliklar afg‘on energetiklari — “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) tomonidan tez orada bartaraf etilib, elektr energiyasi eksporti belgilangan tartibga muvofiq davom ettiriladi, degan umiddamiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан