Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokuratura G‘aniyevning so‘zlarida real tahdid yo‘qligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qildi
30.12.2019 15:03,  
1332

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga mansubligi aytilgan tahdidli audioyozuvni o‘rganish natijalarini ma’lum qildi.

“Joriy yilning 10 dekabr kuni Internet nashrlarida Farg‘ona viloyati hokimi, senator Sh.G‘aniyevga tegishli hamda tahdid mazmunidagi tarqalgan audioyozuvdagi holatlar bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

MAVZUGA DOIR: Bosh prokuratura: «Jahongir Ortiqho‘jayevning audiosida real tahdid yo‘qligi bois jinoyat alomatlari mavjud emas»

Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumani Avtoshohbekati yonidagi avtomobil yo‘lida to‘planib turgan taxminan 20-30 nafar fuqarolar tomonidan elektr va gaz ta’minotida uzilishlardan norozilik bildirilayotganligi aks etgan videolavha tarqalgan.

MAVZUGA DOIR: Muhammadjon Obidov: «Soxta akkauntlarning ortida puldor va aqlli yovuz kuchlar turibdi» (foto+video)

Viloyat hokimligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida Sh.G‘aniyev Quva tumanidagi holat bo‘yicha tuman hokimiga yuzlangan holda muomala madaniyatidan chetga chiqib, tahdidiy va qo‘pol so‘zlar ishlatgan. Ushbu holat noma’lum shaxs tomonidan yozib olinib, tarqatilgan.

Tergovga qadar tekshiruvda joriy yilning 2 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida Sh.G‘aniyev tahdidiy va qo‘pol so‘zlarni ishlatganligi aniqlandi.

Sh.G‘aniyevning so‘zlarida inson hayotiga va sog‘lig‘iga tajovuz qiladigan real tahdid, ya’ni ularni amalga oshirilishidan xavfsirash uchun asoslar mavjud emasligini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.

Biroq, Sh.G‘aniyev davlat hokimiyati va boshqaruvi organi mansabdor shaxsi bo‘la turib, Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari talablarini buzganligini inobatga olib, uning intizomiy javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga xat yuborildi.“

MAVZUGA DOIR: Farg‘ona viloyati hokimi “o‘rtoq polkovnik”ka tadbirkorning soqoli va sochini qirdirishni buyurdimi? (video)

Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning ovozi deb aytilayotgan audiomaterial tarqalgandi. Audioda ovoz egasi gaz ta’minotidagi muammolardan norozi bir guruh aholi vakillari noyabr oyi oxirida Quva tumanidagi avtomobil yo‘llaridan birini to‘sib qo‘ygani haqida gapiradi va ushbu tuman hokimi Ravshan Qurbonovdan bu voqealarni videoga olgan shaxsning “janozasi qachon o‘qilishi”ni so‘raydi.

“Chora ko‘rish emas bu, janozasi o‘qilsa keyin hisob endi uni”, deydi ovoz egasi bu borada chora ko‘rilganini aytgan tuman hokimining javobidan qoniqmay.

15 dekabr kuni «Demokratik debat»ning navbatdagi sonida ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev prokuraturadan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bilan bog‘liq navbatdagi shov-shuvli holatga huquqiy baho berishni so‘ragan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан