Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti qashshoqlikka qarshi kurashgan olimlarga berildi
14.10.2019 17:46,  
147

2019 yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Abxijit Banerji (AQSh), Ester Dyuflo (Fransiya) va Maykl Robert Kremer (AQSh)larga berildi. Ular «global qashshoqlikka qarshi kurashda eksperimental yondashuvlari» uchun taqdirlandilar.

Nobel qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sovrindorlar qashshoqlikka qarshi kurashning eng yaxshi usullarini aniqlash uchun «yanada ishonchli javob» olishga muvaffaq bo‘lishdi.

90-yillarning o‘rtalarida sovrindorlardan biri Maykl Kremer va uning jamoasi Keniyaning g‘arbiy qismida maktab ta’limi yaxshilanishiga olib keladigan bir qator usullarni sinab ko‘rishgan va bunday yondashuvning qanchalik samarali bo‘lishini namoyish etdilar", deyiladi qo‘mitaning press-relizida.

Abxijit Banerji va Ester Dyuflo keyinchalik shunga o‘xshash tadqiqotlarni boshqa mamlakatlarda, shu jumladan Hindistonda o‘tkazdilar. Nobel qo‘mitasining ta’kidlashicha, ularning eksperimental tadqiqot usullari «iqtisodiyot rivojida muhim».

Endilikda tibbiyot, fizika, kimyo, adabiyot hamda tinchlik bo‘yicha 2019 yilgi Nobel mukofotining barcha sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ldi. Mukofot 10 dekabrda Stokgolm hamda Osloda topshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан