Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kun hisoboti: Yo‘qolib qolgan Abdulloh, hech kim olib kelishni istamagan o‘zbekistonlik, «gaz urushlari» va boshqalar
8.11.2019 01:42,  
561

Yakunlangan 7 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Sof.uz dayjestida.

O‘zbekiston

Xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov avtohalokat natijasida vafot etdi

Xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov 6 noyabr kuni kechasi avtohalokat natijasida vafot etdi. Bu haqda jurnalistning jiyani Furqat Ro‘zmetov Feysbukdagi sahifasida xabar qildi.

Batafsil: https://sof.uz/eds

Toshkentda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmdi

7 noyabr kuni Toshkent shahrida MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining navbatdagi 47-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://sof.uz/96m

Prezident qarori bilan Adliya vazirligiga yangi vakolat berildi

Prezident qarori bilan Adliya vazirligiga yangi vakolat berildi. Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan qonun hujjatlarini amaliyotda qo‘llash samaradorligini tahlil qilish va ularning funksionalligini aniq mezonlar asosida baholash tizimini yaratildi. Shuningdek, norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rtasidagi o‘zaro aloqa tizimi takomillashtirildi.

Batafsil: https://sof.uz/bg4

Abdulloh qayerda? IIBga chaqirilgan 20 yoshli yigitning aybi nima?

2 noyabr kuni “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro Dilmurod Tohirovning 20 yashar o‘g‘li Abdullohni IIB xodimlari olib ketib, bir haftadan buyon daragini bermayotgani haqida xabar bergan edi.

Batafsil: https://sof.uz/258

Joriy yilda necha kishiga Toshkent propiskasi berilgani ma’lum bo‘ldi

Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 32380 fuqaro Toshkent shahriga doimiy propiskaga qo‘yilgan. Toshkent viloyatiga 7462 fuqaro propiskaga olingan.

Batafsil: https://sof.uz/e1d

O‘zbekistonlik bemorni hech bir reys olib kelishni istamadi

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki nafar bemorning axvoli biroz yaxshilangach, mamlakatga qaytib ketgan. Biroq 34 yoshli Ravshan To‘xtamatovning jarohatlari jiddiy bo‘lib, unda suyak sinishi, ichki a’zolarining lat yeyishi, miyasida jiddiy jarohat hamda gemotoma borligi aniqlangan. Aytib o‘tish joizki, ushbu bemorni samolyotda O‘zbekistonga yetkazishni hech bir reys xohlamagan.

Batafsil: https://sof.uz/kpq

Dunyoda

12 milliard dollar: Rossiya va Ukraina o‘rtasida “uchinchi gaz urushi”

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан