Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya shifoxonalari yana alanga ichida qolmoqda
23.05.2020 06:15,  
282

Rossiyaning Zelenodolsk shahridagi shifoxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda TASS xabar beradi.

Tatariston favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Zelenodolsk shahridagi ikki qavatli yong‘in haqida xabar Moskva vaqti bilan 22:15 (00:15 tshv)da yetib kelgan. Yong‘in birinchi qavatdagi xonada sodir bo‘lgan, 16 minut davomida 5 kvadrat metr joy yongan. Soat 22:31 da alanga o‘chirilgan. 88 nafar bemor qo‘shni binoga ko‘chirilgan.

Yong‘in natijasida 3 kishi halok bo‘ldi. Yana 3 kishi tan jarohati oldi.

Tergov idoralari mamlakat jinoyat kodeksining 219 moddasi (yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi) bo‘yicha jinoyat ishi ochgan.

11 may kuni Krasnogorsk shahridagi (Moskva viloyati) qariyalar uchun mo‘ljallangan kasalxonada yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa 10 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

10 may kuni Moskva shimolidagi koronavirus bilan og‘rigan bemorlar yotgan 50-sonli shahar klinik shifoxonasida yong‘in kelib chiqqan edi. Alanga bir kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан