Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Umra» bo‘yicha tadbirda Diniy qo‘mita va Musulmonlar idorasi mas’ullari savollarga aylantirib, noaniq javob bergani aytilmoqda (video)
13.02.2020 10:47,  
1679

Avval xabar qilganimizdek, 11 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Umra safarini tashkil etish va o‘tkazish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i va O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi vakillari ishtirok etishdi.

MAVZUGA DOIR: Hajga qachon borishingizni bilasizmi yoxud yana monopoliya haqida...

Tadbir boshida mas’ullar “bizga umra safarlarini amalga oshirish bo‘yicha hech kim murojaat qilmagan” deyishdi, Lekin, tur firma rahbarlari Musulmonlar idorasiga qilingan murojaatning nusxasini taqdim qilib, tashkilotlarning o‘zi javob bermayotganini yoki fuqarolarning murojaatlariga e’tibor qilmayotganini aytishgach, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Musulmonlar idorasi mas’ullari gapni aylantirib, boshqa mavzularga o‘tib ketdi.

Tadbirda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Muhammad Akmalxon Shokirovning aytishicha, hay’at qaroriga ko‘ra Umra va Haj ziyoratlari ibodat bo‘lgani uchun ularni O‘zbekistonda musulmonlarning ibodatlarini mukammal amalga oshirishga javobgar bo‘lgan Musulmonlar idorasi tomonidan tashkil etilishi maqsadga muvofiq deb topilgan.

MAVZUGA DOIR: Umra monopoliyasining zararlari haqida batafsil maqola (video)

Shuningdek, o‘zbekistonliklarga xizmat ko‘rsatuvchi yana bir monopoliya, Saudiya Arabistonining Al-Hidoya tashkiloti ham Saudiyadagi 500 dan ortiq tur firmalar orasida 2009 yillardan buyon O‘zbekistonning yagona hamkori sifatida faoliyat yuritayotgani qayd etildi. Aytilishicha, ular o‘zbeklarning mentalitetiga kirishib ketgani va narxlarni tushirib bergani uchun yurtimiz musulmonlariga xizmat ko‘rsatish Saudiya Arabistonida faqatgina Al-Hidoya shirkati tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq deb topilgan.

Musulmonlar idorasi vakili Akmalxon Shokirov “Saudiya Arabistoning O‘zbekistondagi elchixonasidan Musulmonlar idorasi taqdim etgan ro‘yxatdan tashqari boshqa fuqarolarga, iloji bo‘lsa, Umra vizasi berilmasin“ degan mazmundagi iltimosnoma kiritilganini ham tasdiqladi.

Shuningdek, anjumanda Sof.uz muxbiri har kuni Umra safariga ketayotgan 500 nafar ziyoratchilarga boshchilik qiladigan imom-ellikboshilar, shuningdek ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi shifokor va ishchi guruh a’zolari kimning hisobidan Saudiya Arabistoniga borib kelishi haqida so‘radi.

MAVZUGA DOIR: Musulmonlar idorasi Sof.uz kolumnistini diniy sohadagi islohotlardan bexabarlikda aybladi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilovning aytishicha, imom-ellikboshilar, shifokorlar, oshpazlar va boshqa ishchi guruh a’zolari xarajatlarining bir qismi ziyoratga ketayotgan yo‘lovchilarning hisobidan, qolgan qismi esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi hisobidan qoplanishini ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi byudjetining asosiy qismi masjidlardagi ehson qutilariga tashlangan pullar hisobidan shakllantirilishi tufayli, ellikboshilar ham xalqning pullari evaziga umra va haj safarlariga borib kelishi ta’kidlandi.

MAVZUGA DOIR: O‘zbekiston Saudiya Arabistonidan ro‘yxatdan tashqaridagi fuqarolarga Umra vizasi bermaslikni iltimos qilgan

Anjuman yakunida o‘z savollariga javob qidirib kelgan turli sayyohlik firmalari ham mas’ullardan yetarlicha izoh olisha olmaganini ta’kidladi. Ularning ko‘pchiligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Musulmonlar idorasi vakillari savollarga javob bermasdan, gapni aylantirish bilan vaqt o‘tkazganini hamda jurnalist va blogerlarning juda ko‘plab savollariga javob berishdan qochishganini aytishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан