Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Oltinsoy voqealari bo‘yicha qalban kim bilansiz?»– Xalq fikri
18.02.2020 11:52,  
1712

Oltinsoyda bo‘lgan voqea, bunga nisbatan bildirilgan rasmiy bayonotlaru "Milliy tiklanish" partiyasi raisi Alisher Qodirovning munosabati ko‘pchilikka ma’lum.  

Ikki kun oldin, 2020 yil 16 fevral, Toshkent vaqti bilan 22:39 da Telegramdagi Davletovuz kanali bir so‘rovnoma e’lon qildi. Unda "Oltinsoy voqealari bo‘yicha qalban kim bilansiz?" – deya savol qo‘yilib, javob sifatida ikkita variant taklif etildi: 1) O‘zboshimchalik bilan uy qurgan odamlar bilan; 2) Hokimiyat vakillari, jumladan, Alisher Qodirov bilan.

Kecha kechqurun so‘rovnoma natijalariga qaraganimda 24 soat ichida 30 mingdan ortiq kishi unga ovoz berib ulgurgan, shundan 55%i birinchi, 45%i esa ikkinchi variantni tanlagan ekan. Ya’ni, ko‘pchilik oddiy odamlarning yonida turishni istagan. Ammo bugun ertalab so‘rovnomaga ko‘z tashlasam, natijalar teskarisiga aylanib qolibdi: ayni paytgacha ovoz berganlar soni 51 600 kishidan ortib ketgan, ularning 44%i birinchi, 56%i esa ikkinchi variantni belgilagan – hokimiyat va Alisher Qodirov "yutyapti". 

MAVZUGA DOIR: «Faqat IIBning o‘zi kelganda bu darajada to‘polon bo‘lmasdi, ularning orasidagi fuqaro kiyimidagi shaxslar to‘polonni bu darajada kuchayib ketishiga sababchi bo‘ldi» – Oltinsoy voqealari​

Balki bunga kecha Alisher Qodirov yozgan ushbu post sabab bo‘lsa kerak:

"Ayrim “shestyorka”lar o‘ziga o‘xshaganlarni ko‘proqligiga “qalban” qilgan umidi puchga chiqqan ko‘rinadi.  O‘xshamay qolibdi. Tezda to‘g‘rilab qo‘ying". (Imlo qanday bo‘lsa, shunday qoldirildi).

Menimcha, buning ortidan partiya a’zolari "so‘rovnomada partiya rahbarini yoqlab ovoz berish" uchun ommaviy safarbarlik buyrug‘ini olgan va tuni bilan "mehnat frontida ter to‘kkan proletarlar" hisob-kitobni to‘g‘rilab qo‘yishga ulgurgan. (Albatta, bu bir taxmin, xolos. Ammo juda quruq taxmin ham emas-da.) 

MAVZUGA DOIR: Oltinsoyda fuqarolar va IIB xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi (video)

"Milliy tiklanish" partiyasi rasman 275 576 nafar a’zoga ega ekan. Demak, partiyaning o‘zi o‘tgan yilgi saylovoldi jarayonida qayta-qayta va’da berganidek "Kuting" – hali bu so‘rovnomada ovozlar soni ancha ko‘p bo‘ladi. 

Shu so‘rovnomada hokimiyat va Alisher Qodirov foydasiga berilgan ovozlar bilan muammolar hal bo‘lib qolganida, qaniydi...

MAVZUGA DOIR: IIV​ Oltinsoy voqeasida Rossiyada ishlab yurgan fuqaroni ham aybladi

Oltinsoyliklar Prezident farmoni bo‘lishiga qaramay kadastr hujjati berilmaganini aytmoqda

«Erim va qaynonamni sudrashgach, ularni qutqargani bordim. Homiladorligimni aytsam ham, sudrashdi va ko‘tarib avtobusga tiqishdi» – Oltinsoy voqealari

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан