Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi: Integratsiya sari “toshli yo‘l”
6.12.2019 10:19,  
1555

Rossiya Federatsiyalar Kengashi spikeri Valentina Matviyenko oktyabr oyidagi Toshkentga qilgan safari mobaynida (hali Prezident bilan uchrashmasdan turib) O‘zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga (YeOII) a’zo bo‘lmoqchiligini so‘z o‘yinlari bilan (ataydan yoki shoshilib) aytib yuborgan edi. Bu “aytib yuborish” kunlik suhbatlarda oddiy gap bo‘lsa-da, siyosatda ochiq oydin “O‘zbekiston, qani endi a’zo bo‘lishni tezlat!” deganday bosim edi.

Aslida, bu kabi bosimlar yoki moddiy rag‘batlantirishlar allaqachon a’zo bo‘lgan davlatlarni ham chetlab o‘tmagan ko‘rinadi. “A’zo davlatlarning YeOIIga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qarorlariga Moskvadan majburlash va pora aralashuvi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin” – deyiladi “Yevropa Parlamentining Tadqiqot Xizmati” hisobotida (2017).

Masalan, Qirg‘iziston uchun 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi Rossiya-Qirg‘iziston rivojlanish jamg‘armasi va 300 million AQSh dollari miqdoridagi qarzni kechish ittifoqqa qo‘shilish bitimining bir qismi bo‘lgan. Armanistonga esa Rossiya gaziga 30 foiz chegirma berilgan. Undan tashqari, Armanistonning qo‘shni Ozarbayjon va Turkiya bilan yomon munosabatlarini hisobga olgan holda, Rossiyaning Yerevanni (Armaniston poytaxti) harbiy va siyosiy qo‘llab-quvvatlashi hal qiluvchi omil bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Belarusga kelsak, u o‘z iqtisodini rivojlantirish uchun Rossiyaning arzon neft va gaziga, shuningdek, Yevrosiyo Taraqqiyot Bankining 2 milliard dollarlik qarziga tayanadi.

Unda tashqari a’zo davlatlarning juda ko‘p muhojirlari Rossiyada ekanini hisobga olsak, Kremlning bu davlatlarga o‘z muhojirlari haqida bir og‘iz “eslatib” qo‘yishi ham qo‘shimcha “rag‘bat” bo‘lgan, albatta. Chunki, masalan, Qirg‘iziston YaIMning 31,5 foizi Rossiyadagi migrantlar hisobiga to‘g‘ri keladi (Bu ko‘rsatkich Tojikistonda 50 foiz va O‘zbekistonda 15-25 foizni tashkil etadi). Hatto, ba’zi manbalarda rus muzokarachilari qirg‘izlarga Ittifoqqa a’zo bo‘lmaslik Rossiyadagi qirg‘iz muhojirlari uchun cheklovlarga sabab bo‘lishini aytishgan (Aslund 2013). Pul o‘tkazmalari hajmi Qirg‘iziston yalpi ichki mahsulotining uchdan bir ulushi sifatida hisobga olinsa, bu Qirg‘iz hukumatining nozik tomoni bo‘lgan (Putz 2015).

Aksincha, YeOII o‘rniga Yevropa Ittifoqi bilan integratsiyani tanlagan Ukraina, Gruziya va Moldova kabilar jazo choralariga duch kelmoqdalar: 2013 yil dekabr oyida Rossiyaning 15 milliard dollarlik Ukraina davlat obligatsiyalarini sotib olish haqidagi taklifiga qaramay, YeOII a’zoligini rad etgan Ukrainaning ahvoliga guvoh bo‘ldik; Gruziya va Moldova tovarlariga esa embargolar e’lon qilindi.

Rossiyaning bunday taktikasidan foydalanish AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton aytganidek, YeOII avvalambor sobiq Sovet respublikalarini Moskva orbitasida ushlab turish va G‘arb ta’sirini kamaytirish uchun mo‘ljallangan geosiyosiy loyihadir. YeOIIning geosiyosiy ahamiyati Putinning 2011 yildagi bayonotida tasdiqlangan edi. Unda Sovet Ittifoqini tiklash bo‘yicha har qanday niyatni rad etgan bo‘lsa-da, YeOIIni “zamonaviy dunyo qutb”laridan biriga aylantirishni maqsad qilgan edi. Bu fikr uning tashqi siyosatdagi ambitsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, uning fikricha, AQSh hukmronlik qiladigan birlamchi global tartibni Rossiyaga G‘arb bilan teng huquqli sherik sifatida olish imkonini berishi kerak edi. Ya’ni Putin ham o‘zi hukmronlik qila oladigan o‘z “zonasi” bo‘lishini istagan edi.

Bundan xulosa qilish mumkinki, qaror beruvchi o‘zbek hukumatidan YeOIIga a’zolik haqida hech qanday bayonot chiqmasdan turib, Kremldan O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi haqidagi xabarlarning tarqatilib turilishi hali Ittifoqqa a’zo bo‘lmasimizdan boshlab yuborilgan “shoshqaloqlik”dir. O‘ylaymanki, O‘zbekiston bu borada kuchli siyosiy irodani namoyish etib, milliy suverenitetlik tamoyillari bilan ish tutadi.

“Yevropa Parlamentining Tadqiqot Xizmati” hisoboti asosida tayyorlandi.
(“Eurasian Economic Union: The rocky road to integration” by Martin Russell, European Parliamentary Research Service, 2017)

Valijon To‘raqulov

Inha Universiteti, Xalqaro Savdo yo‘nalishi PhD nomzodi

Mavzuga oid boshqa maqolalar:

O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi aniq bo‘ldimi?

«Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilganidan keyin Qirg‘iziston barcha frontlarda yutqazdi» – Mamlakat parlamenti YeOIIdan chiqishini talab qilmoqda

Lukashenko: «Kechirasiz, bunaqa ittifoq (YeOII) kimga kerak?» (video)

O‘zbekiston quruq gap bilan ittifoqqa kirmaydi

Migrant: YeOII haqida ertak aytmang! Patent bahona emas!

O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilishga qaror qildimi?

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolikdan kim yutdi va kimlar yutqazdi?

Yevrosiyo Iqtisodiy ittifoqi: Destalinizatsiya amalga oshmagan Rossiyadan tenghuquqli munosabatlarni kutib bo‘ladimi?

Bosim ostidagi O‘zbekiston: Rossiya bosimi

OAV: O‘zbekiston Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirishidagi zaruriy shartlar va ehtimoliy xavf-xatarlar tahlili 2019 yil oxirigacha yakunlanadi

O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shiladimi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан