Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hafta suratlari: Ukraina samolyoti halokati, Melburnning tutundan xiralashgan osmoni, “Bishva Ijtimo” marosimi
15.01.2020 10:34,  
389

Bangladeshda “Bishva Ijtimo” marosimi yakunlandi, Eron 1979 yilda yuz bergan Islom inqilobidan buyon ilk marta AQShga  bevosita hujum qildi, Tehronda Ukrainaga qarashli samolyot Eron raketasi bilan urib tushirildi, Astraliyada o‘rmon yong‘inlari, Chilida aksilhukumat namoyishlar davom etyapti. Qarorgohi Londonda joylashgan The Guardian nashri o‘tgan hafta butun dunyoda sodir bo‘lgan shu va boshqa voqealarning o‘z nazdidagi eng muhimlariga diqqat qaratdi.

5-aviatsiya eskadronining ikkinchi darajali zobiti Darrel Rou o‘rmon yong‘inlaridan jabrlangan hudud aholisini ko‘chirish uchun amaliyotga tayyorlanmoqda. Avstraliya, Omeo shahri atrofi. 

Santyagodagi San-Fransisko de Borxa cherkoviga namoyishchilar tomonidan o‘t qo‘yilganidan keyin politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi. Chilida mamlakat prezidenti Sebstyan Pineraga qarshi namoyishlar yangi yilda ham davom etyapti. 

“Ukraina Xalqaro Havo yo‘llari”ga qarashli PS752 reysi 2020 yil 8 yanvar tunida Tehron yaqinida yerga quladi. Qurbonlarning Kanadadagi yaqinlari Torontoda motam shamlarini yoqmoqda. 

Rossiyaning Uxta shahridagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in kelib chiqdi.

Marokash va Bangladeshdan bo‘lgan va Yevropaga yetib olish uchun yo‘lga chiqqan muhojirlar O‘rta yer dengizida, odamlar bilan to‘lib-toshgan yog‘och qayiqlarda o‘zlariga yordam kelishini kutyapti. Liviya sohillari yaqinida Ispaniyaga qarashli Open Arms kemasi ularga yordamga yetib keldi.

Avstraliyaning Kenguru orolidagi Parndana shaharchasi atrofidagi qo‘y fermasi. Uzoqdan o‘rmon yong‘inlaridan hosil bo‘lgan yirik tutun yopirilib kelyapti.

Eron poytaxti Tehrondan Ukraina poytaxti Kiyev shahriga PS 752 raqami bilan parvozni amalga oshirayotgan, bortida 176 yo‘lovchi, shu jumladan, 9 ekipaj a’zosi bo‘lgan Boeing 737-800 samolyoti 2020 yil 8 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:12 da Imom Humayniy xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilgan va oradan 2 daqiqa o‘tib, aeroport yaqinidagi Parand mavzesida qulab tushdi. Dastlabki uch kun davomida samolyot halokatiga “texnik nosozlik” sabab bo‘lgani aytilgan bo‘lsa, 11 yanvarga kelib Eron hukumati o‘z harbiylarining xatosi halokatga sabab bo‘lganini tan oldi. Mamlakatda shu voqea sabab namoyishlarning yangi to‘lqini boshlandi.

Venesuela muxolifati rahbari Xuan Guaydo Milliy assambleya binosi atrofidagi panjaralardan oshib o‘tib, ichkariga kirishga urinmoqda. Politsiya muxolifatchi deputatlarni parlament binosiga kirishiga to‘siq qo‘ydi. Natijada aksariyat muxolifatchilar tashqarida qolib ketib, parlament raisini saylashda ishtirok etolmadi. Bir yil davomida parlamentga boshchilik qilib kelgan Guaydo shu tarzda o‘z lavozimidan mahrum bo‘ldi. Mamlakatda qariyb bir yildan beri qo‘shhokimiyatchilik hukm suradi: amaldagi prezident Nikolas Maduroga qarshi qo‘zg‘algan namoyishlar manzarasida o‘tgan yil 23 yanvarda Xuan Guaydo o‘zini prezident deb e’lon qilgandi.

Saudiya Arabistonining Ruma hududida sotuvga qo‘yilgan tuya podasini uzoq-yaqindan kelgan xaridorlar o‘rab oldi. 

Falastinlik Abu Amrning oilasi Isroil havo hujumlaridan vayron bo‘lgan G‘azodagi uyi xarobalari ustida o‘tirib ovqatlanyapti. 

Wikileaks sayti asoschisi, avstraliyalik jurnalist Julian Assanj Vestminster sudini tark etyapti. Qariyb 7 yil davomida Londondagi Ekvador elchixonasida yashagan jurnalist 2019 yil 11 aprelda politsiya tomonidan qo‘lga olinib, hozirda muqaddam unga e’lon qilingan ayblovlar bo‘yicha sud jarayonida qatnashyapti.

AQSh askarlari va jurnalistlar Iroqning Anbar viloyatidagi Amerikaga qarashli Ayn Al-Asad havo bazasining zararlangan joylarini ko‘zdan kechiryapti. O‘tgan hafta, 2020 yil 8 yanvarga o‘tar kechasi Eron bu harbiy havo bazasiga raketa zarbasi berdi va ushbu harakati bilan general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun o‘ch olganini bildirdi. Eron raketa zarbalaridan “80 nafar Amerika askari halok bo‘lgani”ni da’vo qildi. Ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bironta ham AQSh harbiysi bu hujumdan jablanmagan, faqat ba’zi inshootlar zarar ko‘rgan. Undan ham qizig‘i, Eron raketa zarbasi berishidan bir soat oldin bu haqda Iroq hukumatini ogohlantirgan, bu esa AQSh harbiylariga xavfsiz joyga ko‘chib o‘tish uchun yetarli bo‘lgan

17 nafar muhojir muslima Myanmaning Rakhayn shtati poytaxti Sitvedagi vaqtinchalik lagerga qaytyapti. Ular 2018 yil 15 dekabrda mamlakat sharqidagi Kavsang tumani qirg‘oqlariga yetib borgan vaqtda hisbga olingan edi. Myanmada etnik ozchilik sanalgan Rohinja musulmonlari muntazam ravishda diniy va siyosiy kamsitishlarga uchrab keladi, hukumat ularni fuqarolikdan mahrum etgan va “xorijlik muhojirlar” deb ataydi. Vaholanki, Rohinja musulmonlari Myanmadagi boshqa etnik guruhlar kabi bir necha asrlardan buyon shu tuproqlarda yashab keladi. 

Efiopiyaning Somali mintaqaviy shtati markazi Jijiga atrofidagi qot fermasi egasi yeriga hujum qilgan cho‘l chigirtkalarini tutishga urinmoqda. . Qot (ingliz tilida khat) – Afrika burni va Arabiston yarimorolining janubida qadimdan yetishtirib kelingan o‘simlik. Daraxt va buta shaklida uchraydi, bargini chaynab iste’mol qilinadi. Bu hududlarda yashovchi mahalliy aholi uni tinchlantiruvchi va kayf beruvchi vosita sifatida ishlatib kelgan. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti 1980 yilda qotni “tarkibida faol giyohvand modda” bor deya tasniflagan, uni doimiy iste’mol qilish ruhiy qaramlikka sabab bo‘lishini aytgan. Hozirgi kunda bu o‘simlik asosana Yaman, Somali, Efiopiya, shuningdek, Mozambik, Svazilend va Janubiy Afrika Respublikasida yirik plantatsiyalarda yetishtiriladi. Ba’zi kuzatuvchilarga ko‘ra, Yamandagi qashshoqlikka aynan aholining qot iste’moliga ruju qo‘ygani sabab bo‘lgan.   

“Fransuz o‘rgimchak odami” deya tanilgan Alan Robert Parijning La Defens biznes tumanidagi Total minorasiga ko‘tarilmoqda. Uning bu galgi chiqishi ijtimoiy mazmunga ega: Alan butun mamlakat bo‘ylab pensiya islohotlariga qarshi bo‘layotgan ishchilar namoyishlarining 40-kunida ularni qo‘llab-quvvatlash uchun shu ishga qo‘l urdi.

Vallabi sabzi yeyapti. Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida so‘nggi oylarda to‘xtamayotgan o‘rmon yong‘inlari sababli yovvoyi hayvonlar qirilib ketmasligi uchun ular yig‘iladigan hududlarga samolyot va vertolyotlarda tonnalab sabzi va kartoshka tashlanyapti.

Ishchilar Singapurdagi Esplanada teatri tomini texnik ko‘rikdan o‘tkazmoqda. 

Avstraliyaning Melburn shahri osmoni ham o‘rmon yong‘inlari tufayli xira tusga kirdi. 

Bishva Ijtimo” (“Jahon anjumani”) marosimidan qaytayotgan odamlar. Bu marosim Bangladesh poytaxti Dakka yaqinida, Turag daryosi bo‘yidagi Tongi shahrida, har yili yanvar oyining dastlabki o‘n kunligida o‘tkaziladi. Unga yig‘ilgan odamlar birgalikda namoz o‘qiydi, Qur’on tilovati va ma’ruzachilarning nutqlarini tinglaydi. Bu marosim musulmonlarning bir vaqtda bir joyga yig‘ilishi soniga ko‘ra hajdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, unda taxminan 5 million kishi qatnashadi. “Bishva Ijtimo”ga keluvchilarning aksari Bangladeshning o‘zidan, 20 000 - 50 000 kishi esa 150 ga yaqin xorij davlatlaridan tashrif buyuradi. Uch kunlik yig‘ilish nosiyosiy ko‘rinishda bo‘lib, u Bangladeshda 1967 yildan beri “Tablig‘i Jamoat” diniy harakati tomonidan muntazam o‘tkazib kelinadi. Hukumat bu marosimga keluvchilar chodir tikishi uchun 160 akr (0,65 km kv) yer ajratgan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан