Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ichki parvozlarni “kukuruznik”larda amalga oshirish foydalimi yoki zararli?
27.01.2020 12:30,  
687

“Avintel aviatsiya texnologiyalari alyansi” kompaniyasi bosh direktori Viktor Pryadka O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan Humo Air balansiga o‘tgan eski va yangi modifikatsiyadagi An-2 samolyotlari konstruktiv xususiyatlari haqida “Sputnik O‘zbekiston” nashriga ma’lumot berdi.

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda yangi aviatsiya kompaniyasi – Humo Air MChJ tashkil etildi. Birinchi bosqichda uning havo flotiga 43 ta An-2, 145 ta “ASh-62IR” avia dvigatellari, shuningdek, aviatsiya uskunalari va Sirdaryodagi uchish yo‘lagi topshirildi.

Rossiyalik avia ekspertning so‘zlariga ko‘ra, bu mashinaning eski analoglari zamonaviy analoglaridan ancha farqlanadi va ekspluatatsiyada ko‘plab muammolar yuzaga kelishi mumkin.

MAVZUGA DOIR: Ekspert: O‘zbekistonda aviakompaniyani noldan tashkil etish uchun 5 yil kerak bo‘ladi

“Bu samolyotlar ekspluatatsiyasida ularning ishlab chiqarish resurslariga ahamiyat qaratmoq lozim. Agar dvigatellarni oladigan bo‘lsak, ular ancha oldin ishlab chiqarilgan va tez-tez xizmat ko‘rsatishni talab qiladi. Bu ikki-uch yilda qayta qoplamani talab etadigan planer konstruksiyasiga ham tegishli. Ushbu mashinalar allaqachon ishlab chiqarishdan to‘xtatilgan va ehtiyot qismlar borasida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Modernizatsiya qilingan An-2 samolyotlari esa bu borada ancha omadli va ko‘p xizmatni talab etmaydi — ular turbovintli dvigatellarga ega, fyuzelaj bilan muammolar yuzaga kelmaydi. Hozirda Rossiyada bu rusumdagi samolyotlar ishlab chiqarilmoqda. Ularni ijaraga olish yoki xarid qilish xizmat ko‘rsatish nuqtai nazaridan ancha o‘zini oqlagan bo‘lardi”, — deya tushuntirgan Pryadka.

MAVZUGA DOIR: Abdulla Aripov: “O‘zbekistonda yangi aviakompaniya tashkil etiladi”

Ekspert bu sinfga mansub samolyotlarning mahalliy avialiniyalarda 10—15 nafargacha yo‘lovchilarni tashishda ustuvor jihatlarini e’tirof etib o‘tdi.

“Uchish tezligining pastligi va salonni modernizatsiya qilish mumkinligi bu mashinalarning ming kilometrgacha bo‘lgan masofaga odamlar va yuklarni tashishiga imkon yaratadi”, — deb qo‘shimcha qilgan u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан